O‘zbekiston Yoshlar simfonik orkestrining asoschisi, badiiy rahbari va bosh dirijyori.
Kamoliddin O‘rinboev 1985-yilda tug‘ilgan. Bugun yosh dirijyor simfonik musiqa sohasida faol faoliyat yuritmoqda, biroq uning yo‘li o‘zbek xalq ijrochiligi san’ati bilan chambarchas bog‘liq holda boshlangan.
Musiqiy ta’limni R. Glier nomidagi RIMAL’da g‘ijjak va skripka chalishni o‘rganishdan boshlagan.
O‘zbekiston davlat konservatoriyasini (bakalavriat — 2007-yil, magistratura — 2009-yil) ikki yo‘nalish bo‘yicha tamomlagan: g‘ijjak (dotsent A. Umarov sinfida) va dirijyorlik (professor F. R. Abdurahimova sinfida).
Shu yili P. I. Chaykovskiy nomidagi Moskva davlat konservatoriyasining dirijyorlik fakultetiga, opera-simfonik dirijyorlik kafedrasiga, Rossiya xalq artisti, professor V. K. Polyanskiy sinfiga o‘qishga kirgan. Shuningdek, SSSR xalq artisti G. Rojdestvenskiy qo‘lida ham tahsil olgan.
U yakkaxon va orkestr cholg‘uvchisi sifatida ko‘p chiqish qilgan, musiqiy jamoada ishlash nozikliklarini o‘rgangan. Dirijyor sifatida xalq orkestri bilan bakalavriatning ikkinchi kursida debyut qilgan.
U ko‘plab orkestrlarni boshqargan:
U opera dirijyori sifatida ham chiqish qilgan — A. Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta teatrida, shuningdek L. van Betxovenning «Fidelio» operasining zamonaviy sahnalashtirilishida dirijyorlik qilgan (rejissyor — G. Dmitriev).
2014-yilda yosh hamfikr musiqachilar guruhi bilan O‘zbekiston Yoshlar simfonik orkestriga asos solgan. 2015-yil avgustida «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi qaroriga ko‘ra orkestr shu tashkilot huzurida rasman o‘z faoliyatini boshlagan.
Prezidentning 2024-yil 24-avgustdagi farmoni bilan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori, O‘zbekiston davlat simfonik orkestri badiiy rahbari Kamoliddin Turdimurat o‘g‘li O‘rinboevga «O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti» faxriy unvoni berilgan.