Ochiq ma’lumotlar

O‘zbekiston Davlat simfonik orkestri
TASDIQLAYMAN
“O‘zbekiston davlat simfonik orkestri” davlat muassasasi direktori
__________________S.Baymuradov

O‘zbekiston respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “O‘zbekiston davlat simfonik orkestri” davlat muassasasi rahbariyatining jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish

JADVALI

F.I.Sh.LAVOZIMIQABUL KUNIQABUL SOATLARI
BAYMURADOV SANJAR MAXMUDOVICHDIREKTORJUMA14-00 – 17-00

“O‘zbekiston davlat simfonik orkestri” davlat muassasasi

Badiiy Kengash a’zolari

TARKIBI

№Familyasi, ismi, sharifiLavozimi
1Urinbaev Kamoliddin Turdimuratovich“O‘zbekiston davlat simfonik orkestri” badiiy rahbari va bosh dirijyori, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori, Kengash raisi
2Xusnutdinova Yulduz MadatovnaO‘zbekiston davlat konservatoriyasi birinchi prorektori, Kengash raisi o‘rinbosari
3Batskix Pavel AlekseevichO‘zbekiston davlat konservatoriyasi musiqali teatr studiyasi direktori, Kengash a’zosi
4Matveeva Elena NikolaevnaO‘zbekiston davlat konservatoriyasi “Torli cholg‘ular” kafedrasi dotsenti, Kengash a’zosi
5Riksiyev Jamshid RahmatullaevichV. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi o‘qituvchisi, Kengash a’zosi
6Usmonov Tohir Baxtiyor o‘g‘liO‘zbekiston davlat konservatoriyasi mustaqil tadqiqotchisi, Kengash a’zosi
7Xudoyberdiyev Sarvar Xudoyorovich“O‘zbekiston davlat simfonik orkestri” oliy toifali orkestr artisti, Kengash a’zosi
8Raimqulov Azamat Kenjabayevich“O‘zbekiston davlat simfonik orkestri” oliy toifali orkestr artisti, Kengash a’zosi
9Begbayev Eldor Dilmuratovich“O‘zbekiston davlat simfonik orkestri” oliy toifali orkestr artisti, Kengash a’zosi, kotib

Izoh: Kengash aʼzolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning o‘rniga kelgan shaxs mazkur kengash aʼzosi hisoblanadi.

“O‘zbekiston davlat simfonik orkestri” davlat muassasasi direktoroining

2025-yil 4-martdagi 47-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan

O‘zbekiston davlat simfonik orkestri davlat muassasasasining xarid qilish

bo‘yicha maxsus komissiya

TARKIBI

№Xodimlarning familyasi, ismi va otasining ismiLavozimi
1Baymuradov Sanjar MaxmudovichDirektor, komissiya raisi
2Urinbayev Kamoliddin TurdimuratovichOrkestr badiiy rahbari, komissiya a’zosi
3Begbayev Eldor DilmuradovichOliy toifali orkestr artisti, komissiya a’zosi
4Satimov Amanboy XXXXo‘jalik mudiri, komissiya a’zosi

Izoh: Komissiyasi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalar yuklatilgan shaxslar kiritiladi.

Komissiyasi a’zolari o‘rganish jarayonida boshqa mutaxassislarni ham jalb qilish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “O‘zbekiston davlat simfonik orkestri” davlat muassasasida 2025-yil I yarim yil uchun mo‘ljallangan

ish rejasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan

HISOBOT

T/rAmalga oshiriladigan ishlarAmalga oshirish mexanizmiMuddatiAmalga oshirilgan ishlar
Ijro intizomini mustahkamlash yo‘nalishida
“Edo.ijro.uz” yagona idoralararo elektron hujjat aylanish tizimi orqali yuqori turuvchi tashkilotlardan kelgan topshiriqlar, vazirlik va idoralardan kelgan hamda “O‘zbekiston davlat simfonik orkestri” davlat muassasasi ichki hujjatlarining bajarilishi bo‘yicha haftaning juma kunlari muhokamalar olib borish.1. EXAT va “Edo.ijro.uz” yagona idoralararo elektron hujjat aylanish tizimida nazoratda turgan topshiriqlarni ko‘rib chiqish va haftaning har juma kunlari muassasaning barcha bo‘lim boshliqlari va mas’ul xodimlar bilan birgalikda muhokama qilish.Har hafta juma kuniHaftaning har juma kuni “Edo.ijro.uz” yagona idoralararo elektron hujjat aylanish tizimida nazoratda turgan topshiriqlar ko‘rib chiqildi. Muassasaning barcha bo‘lim boshliqlari va mas’ul xodimlari ishtirokida muhokamalar tashkil etildi. Amalga oshirilgan ishlar, muzokaralar to‘g‘risida vazirlikka har oy oxirida yozma axborot kiritildi.
“Edo.ijro.uz” yagona idoralararo elektron hujjat aylanish tizimi orqali topshiriq va vazifalar ijrosini ta’minlash hamda tashkiliy ishlarni muvofiqlashtirish.1. Har hafta dushanba va juma kunlari muassasa mas’ul xodimlari bilan birgalikda “Edo.ijro.uz” yagona idoralararo elektron hujjat aylanish tizimida nazoratda turgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha muhokamalar o‘tkazish.har hafta juma kuniHar hafta dushanba va juma kunlari muassasa mas’ul xodimlari bilan birgalikda “Edo.ijro.uz” tizimida nazoratda turgan topshiriqlarning ijrosi bo‘yicha muhokamalar olib borildi. Tashkiliy ishlar samarali muvofiqlashtirildi.
har oyning
5-sanasiga qadar
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari yo‘nalishida
Direktor tomonidan jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilinishi, sayyor qabullar o‘tkazilishini ta’minlash.1. Tasdiqlangan grafik asosida sayyor qabullarni tashkil qilish.
2. O‘tkazilgan sayyor qabullarda bildirilgan murojaatlarni ijroga yo‘naltirish hamda ijrosi yuzasidan nazorat o‘rnatish.
har chorakdaDirektor tomonidan tasdiqlangan grafik asosida haftaning juma kuni 15-00 dan 17-00 gacha sayyor qabul soatlari etib belgilandi. Hozirgi kunga qadar yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan murojaatlar kelib tushmadi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga axborot berib borish;
Har chorak yakuni bo‘yicha Madaniyat vazirligiga hisobot kiritish.
1. “O‘zbekiston davlat simfonik orkestri” davlat muassasasi tomonidan taqdim qilingan hisobotlarni umumlashtirish;
2. Umumlashtirilgan hisobotlarni Madaniyat vazirligiga axborot hamda hisobot taqdim qilish.
har chorakda“O‘zbekiston davlat simfonik orkestri” davlat muassasasi tomonidan taqdim etilgan hisobotlar umumlashtirildi va 2025-yil 1-2-chorak yakunlari bo‘yicha Madaniyat vazirligiga taqdim qilindi.
Madaniyat va san’at sohasiga oid qonun hujjatlari loyihasini tayyorlash hamda normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish
Madaniyat va san’at sohasiga oid qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish yuzasidan vazirlikka takliflar kiritish.Vazirlikning tegishli boshqarmalari bilan hamkorlikda ishlash.har chorak yakunidaVazirlikning tegishli boshqarmalari bilan hamkorlikda qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilmoqda va tegishli boshqarmalari bilan hamkorlik amalga oshirilmoqda. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etiladi.
Sohada huquqiy madaniyatni shakllantirish yo‘nalishida
Muassasa xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish.1. Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar haqidagi ma’lumotlarni, sud amaliyotini, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining huquqiy ishlarga taalluqli ko‘rsatmalarini yetkazish.
2. Soha faoliyatiga tegishli qonunchilikni targ‘ib qilish ishlarini amalga oshirish.
har chorakdaQonunchilikdagi o‘zgarishlar va Madaniyat vazirligining ko‘rsatmalari S.Baymuradov, Z.Aliyeva, Z.Tashniyazov M.Talipova va boshqa ma’sul xodimlar tomonidan xodimlarga yetkazildi. Xodimlar o‘rtasida muzokaralar va qonuniy o‘zgarishlar haqida targ‘ibot tushuntirish ishlari olib borilib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan vazirlikning yuridik bo‘limiga yozma axborotlar taqdim qilindi.
Shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish.1. Davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, fuqarolar bilan nizolar vujudga kelganda, ularni sudgacha hal etish choralarini ko‘rish.
2. Shartnomalarning qonunchilikka muvofiqligini tekshirish.
3. Shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
yil davomidaDavlat organlari va tashkilotlari bilan kelib chiqadigan nizolar sudgacha hal etish choralarini ko‘rish orqali bartaraf etildi. Shartnomalar qonunchilikka muvofiqligi tekshirildi va shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. Shartnomalar tuzishda xarid masalalarini amalga oshirishda e’tiborni kuchaytirish uchun 2025-yilning 4-martdagi 47-sonli “O‘zbekiston davlat simfonik orkestri” davlat muassasasi xarid komissiyasini tuzish to‘g‘risida buyruq qabul qilindi. Xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilarining takliflarini buyurtmaga muvofiqlik darajasi bo‘yicha xolis baholash va tartibga solish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.
Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish yo‘nalishida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori, yig‘ilish bayonlari topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi buyruqlari, yig‘ilish bayonlari va xatlarida belgilangan topshiriqlarni tegishliligi boʻyicha ijrosini ta’minlash.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori, yig‘ilish bayonlari topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi buyruqlari bilan xodimlar bo‘limi mas’ullarini xabardor qilib borish.yil davomidaO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va Madaniyat vazirligi buyruqlari bo‘yicha S.Baymuradov, Z.Tashniyazov, Z.Aliyeva tomonidan barcha xodimlar xabardor qilindi, Rahbar va mas’ul xodimlar boshchiligida yig‘ilish va targ‘ibot ishlari olib borildi. Kelib tushgan topshiriqlar ijrosi ta’minlanib, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga yig‘ilish bayonlari, topshiriqlar asosida tasdiqlangan buyruqlar belgilangan tartibda Edo.ijro.uz tizimi orqali mas’ul xodimlar tomonidan axborotlar kiritilib va topshiriqlar bajarilishi ta’minlanmoqda.
“O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 28.10.2022-yil O‘RQ-798-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni boʻyicha hujjatlarni yuritish.Mehnat kodeksida belgilangan tartib asosida kadrlar faoliyati yo‘lga qo‘yilganligini nazorat qilib borish.yil davomidaMehnat kodeksida belgilangan tartib asosida xodimlarning shaxsiy tarkibiga oid hujjatlar (ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish, mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat ta’tili berish va h.k.) to‘liq va aniq yuritilmoqda.
Kadrlar bo‘limi faoliyatida mehnat qonunchiligi normalariga rioya qilinishi muntazam nazorat qilib borilmoqda.
Kasaba uyushmasi hamda nazorat organlari bilan hamkorlikda mehnat munosabatlariga oid huquqiy tartib-intizom mustahkamlanmoqda.
Mazkur tadbirlar “O‘zbekiston davlat simfonik orkestri” davlat muassasasida mehnat munosabatlarini qonuniy asosda tashkil etish, xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda mehnat qonunchiligi ijrosini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Muassasa ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, ichki mehnat tartibi talablariga rioya qilish ustidan tegishliligi bo‘yicha nazorat olib borish.Xodimlarning mehnat shartnomasidagi majburiyatlari hamda ichki mehnat tartibi talablariga rioya qilishlari bo‘yicha tahlil olib borish hamda Direktorga hisobot kiritish.yil davomida“O‘zbekiston davlat simfonik orkestri” davlat muassasasida mehnat qonunchiligi talablari ijrosini ta’minlash maqsadida 180 nafar xodim mehnat shartnomalari bilan tanishtirildi va amaldagi huquqiy normalarga muvofiq ravishda shartnomalar yangilandi. Mehnat shartnomalariga Mehnat kodeksi talablari, muassasa ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari hamda ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etish shartlari kiritildi.
Shuningdek, xodimlarning mehnat shartnomasidagi majburiyatlari hamda ichki mehnat tartibi talablariga rioya etishlari bo‘yicha muntazam tahlillar olib borilib, natijalar yuzasidan muassasa direktoriga tegishli hisobotlar taqdim etib borilmoqda.
Mehnatga oid qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarming shaxsiy tarkibi bo‘yicha buyruqlarni (ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish, mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat ta’tili berish va hk.) rasmiylashtirish va ularning belgilangan tartibda saqlanishini ta’minlash;
“O‘zbekiston davlat simfonik orkestri” davlat muassasasi tasarrufidagi ijodiy jamoalar va bo‘linmalarda xodimlaming ish faoliyati mehnat qonunchiligi asosida tashkil etilganligini o‘rganib borish.
Mehnat qonunchiligi bo‘yicha belgilangan tartibda ish yuritish.yil davomida“O‘zbekiston davlat simfonik orkestri” davlat muassasasida mehnatga oid qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarning shaxsiy tarkibi bo‘yicha buyruqlarni rasmiylashtirish va ularni belgilangan tartibda saqlash ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, ijodiy jamoalar va bo‘linmalarda xodimlarning mehnat faoliyati mehnat qonunchiligi talablari asosida tashkil etilib, muntazam ravishda o‘rganib borilmoqda. Amalga oshirilgan ishlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan har chorakda huquqiy hujjatlar o‘rganilishi hamda Madaniyat vazirligi huzuridagi kasaba uyushmasi faoliyati orqali nazorat qilinmoqda.
Komissiya xulosasi asosida ish faoliyati davomida erishib kelayotgan yutuqlari uchun xodimlarni O‘zbekiston Respublikasining Davat mukofotlariga tavsiya etish ishlarini olib borish;
Turli bayramlar: xususan, “8-mart Xalqaro xotin qizlar kuni” bayrami munosabati bilan samarali faoliyat yurtib kelayotgan ayollarni davlat mukofotlariga nomzodlik hujjatlarini shakllantirish;
Mas’ul rahbar xodimlar bilan birga ko‘rib chiqish hamda ularning hujjatlarini shakllantirish va Davlat mukofotiga tavsiya etilgan nomzodlarning hujjatlarini o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga taqdim etish.
“Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonunga muvofiq hamda Muassasaning Davlat mukofotlariga tavsiya etish komissiyasi xulosasiga asosan nomzodlarning hujjatlarini shakllantirish va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga taqdim etish.yil davomida2025-yilning 4-martda 46-sonli “O‘zbekiston davlat simfonik orkestri” davlat muassasasi xodimlarining davlat mukofotlariga nomzodlarni tavsiya etish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida buyruq tasdiqlandi. Komissiya xulosasiga asosan ish faoliyati davomida yutuqlarga erishgan xodimlar davlat mukofotlariga tavsiya qilindi. “8-mart” bayrami munosabati bilan samarali faoliyat yuritgan F.Abdusalamova nomzodlik hujjatlari shakllantirilib, Madaniyat vazirligiga taqdim etildi. 7-mart kuni bo‘lib o‘tgan davlat tadbirida “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.
Xodimlarning qoʻnimsizligi sabablarini o‘rganish, uni bartaraf etish bo‘yicha Bosh direktorga takliflar kiritish.1. Kadrlar qo‘nimsizligi bo‘yicha statistikani direktorga taqdim etish.
2. Holatini bartaraf etish bo‘yicha mas’ul xodimlar bilan hamkorlik olib borish.
yil davomida“O‘zbekiston davlat simfonik orkestri” davlat muassasasida kadrlar qo‘nimsizligi holatlari mavjud emas. Xodimlar mehnat shartnomalarida belgilangan majburiyatlarga rioya qilgan holda faoliyat yuritib kelmoqdalar.
Statistika bo‘yicha: Hisobot davrida xodimlar o‘rtasida qo‘nimsizlik yoki ortiqcha kadrlar almashinuvi qayd etilmadi, barcha 180 nafar xodim o‘z ish joylarida faoliyat olib bormoqda.
Hamkorlik bo‘yicha: Mas’ul xodimlar va bo‘linmalar bilan hamkorlikda doimiy monitoring olib borildi. O‘rganishlar natijasida qo‘nimsizlikka sabab bo‘ladigan omillar aniqlanmadi.
Muassasada xodimlarning mehnat faoliyati barqaror yo‘lga qo‘yilgan, kadrlar qo‘nimsizligi bilan bog‘liq muammolar mavjud emas.
“Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun uzoq yillar fidokorona mehnat qilgan, soha rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan va yuqori natijalarga erishgan munosib nomzodlar to‘g‘risida ma’lumotlarni tayyorlash hamda hujjatlarni talab darajasida shakllantirib, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga taqdim etish.Uzoq yillar fidokorona mehnat qilgan, soha rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan va yuqori natijalarga erishgan munosib nomzodlar to‘g‘risida ma’lumotlarni mas’ul xodimlar bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga taqdim etish.yil davomidaUzoq yillar fidokorona mehnat qilgan va yuqori natijalarga erishgan nomzodlar haqida ma’lumotlar tayyorlandi va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga taqdim etildi. Joriy yilning 15-aprel kuni “O‘zbekiston madaniyat va san’at xodimlari kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan davlat tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri tomonidan Oliy toifali orkestr artistlari K.Ni, S.Xudayberdiyev, L.Soy, 12-iyun kuni L.Muminov tantanali ravishda “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
“O‘zbekiston davlat simfonik orkestri” davlat muassasasida bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni my.mehnat.uz sayti orqali e’lonlar berib borish.Belgilangan tartibda ish yuritilish.yil davomidaMuassasa vakansiyalari “my.mehnat.uz” sayti orqali har oyning 1-5-sanasigacha bo‘lgan vaqt davomida “my.mehnat.uz” sayti orqali ish lavozimi vazifalari, talablari, oylik ish haqi miqdorlari to‘g‘risida hisobot kiritib borildi, muntazam e’lon qilindi. Sayt orqali qiziqish bildirgan fuqarolar bilan suhbat olib borildi va belgilangan tartibda ish yuritilmoqda.
Davlat tilini rivojlantirish yo‘nalishida
Davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi bo‘yicha Yuridik bo‘lim bilan hamkorlikda “O‘zbekiston davlat simfonik orkestri” davlat muassasasida hujjatlar yuritilishini o‘rganib chiqish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;“O‘zbekiston davlat simfonik orkestri” davlat muassasasida hujjatlarini amaldagi me’yorlarga asosan yuritish;
Rasmiy veb-sayt, matbuot nashrlari, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar va kanallar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritilishini ta’minlash;
har chorakda2024-yil 21-oktyabrdagi 01-01-97 son bilan davlat tili haqidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash hamda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeyini oshirish bo‘yicha nazorat-rejasida berilgan topshiriqlar ijrosi ta’minlandi. Rasmiy veb-sayt, matbuot nashrlari, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar va kanallar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritilishini ta’minlandi, joylashtirilayotgan matnlarda imloviy xatolarga yo‘l qo‘yilishining oldini olish choralarini ko‘rib kelinmoqda.
“O‘zbekiston davlat simfonik orkestri” davlat muassasasida mehnatga oid qonun hujjatlariga to‘liq muvofiq holda barcha kadrlar va rasmiy hujjatlar belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bo‘lib, amaldagi me’yorlarga asosan lotin alifbosida yuritilmoqda.
Ommaviy axborot vositalari bilan ishlash yo‘nalishida
“O‘zbekiston davlat simfonik orkestri” davlat muassasasi faoliyatiga oid ma’lumotlar ochiqligini ta’minlash.1. “O‘zbekiston davlat simfonik orkestri” davlat muassasasi faoliyatiga oid materiallarni tayyorlash.
2. Veb-saytga joylashtirish va Doimiy yangilab borish.
Har
chorak
Faoliyat materiallarini tayyorlash
Muassasaning rasmiy veb-sayti — uzdso.com da (“Yangiliklar”, “Afishalar”, “Video”, “Galereya”, “Muziya”) keng qamrovli kontent joylashtirilmoqda: xalqaro miqyosdagi konsertlar (masalan, BAA, Berlin, BAA, Bangkoka safarlar), tashkiliy hayot jarayonlari va repertuar yangiliklari e’tiborga sazovor tarzda yoritiladi.
Instagramdagi sahifalar orqali ham faoliyatning ochiqligi mustahkamlanyapti: rasmiy videolar va sahna lavhalari orqali auditoriyaga yaqin bo‘lish, xususan, “O‘zbekiston davlat xor jamoasi” sahifasida ijrochilik namunalarini keng ommaga taqdim etish yo‘lga qo‘yilgan.
Veb-saytni muntazam yangilash
Uzdso veb-saytida “Yangiliklar”, “Afishalar”, “Video”, “Galereya” bo‘limlari muntazam yangilanib, tashkilotning kundalik va loyihaviy faoliyati o‘z ifodasini topmoqda. Masalan, Berlin, BAA (Bangkok), Konservatoriyada o‘tkazilgan yirik konsertlar doimiy ravishda e’lon qilinmoqda
Muassasa ochiqlik tamoyiliga asoslanib faoliyat yuritmoqda: kontentni keng auditoriyaga yetkazish, xalqaro hamkorliklarni ommaga taqdim etish va faoliyat yangiliklarini muntazam ravishda yangilab turish — bularning barchasi sifatli tashkil etilgan.
Konsert-tomosha faoliyatini rivojlantirish yo‘nalishida
O‘zbekiston davlat simfonik orekstr artistlari, yakkaxonlari konsertlarini o‘tkazish.Orkestr bo‘linmalari reja asosida Orekstr inspektori orqali ijro dasturlari tasdiqlangan holda.2025-yil davomida hamda mavsumiy konsert dasturlari2025-yil 8-fevral kuni “Yoshlar ijod saroyi”da O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Otabek Nazirovning yakkaxon konserti, 2025-yil 15-fevral kuni “Yoshlar ijod saroyi”da “O‘zbekiston davlat simfonik orkestri” davlat muassasasi yakkaxon artistlari konserti bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi bilan hamkorlikda klassik musiqa konsert dasturi o‘tkazish.O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamkorlik shartnomalari rasmiylashtirish.
ITicket platformasida bilan chiptalar sotuvini yo‘lga qo’yish
2025-yil Fevral – mart oylarida2025-yil 19-may kuni – Toshkent shahrida O‘zbekiston davlat Konservatoriyasida Katta zal Klassik musiqa konserti bo‘lib o‘tdi.
Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida Bogema operasi namoyishi o‘tkazish.Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri yakkaxonlari bilan reja asosida repetitsiya jarayonlarini tashkil etish2025-yil
Mart-May
2025-yil 7-iyun kuni – Toshkent shahrida Alisher Navoiy nomidagi G‘alaba Akademik Drama Teatri «Bogema» operasi namoyish etildi.
O‘zbekiston davlat simfonik orkestri Rasmiy tashriflarda ishtirok etish.Yuqori turuvchi Vazirlik idoralar ko‘rsatmalaridan kelib chiqqan holdayil davomida2025-yil 2-aprel kuni – Samarqand, Abadiy shahrida Yevropa Kengashi Prezidenti Antoniu Kosta sharafiga Sh.M. Mirziyoyev nomidan rasmiy qabulida, 2025-yil 3-aprel kuni – Samarqand shahrida Kongress-xollda Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen sharafiga rasmiy qabulida, 2025-yil 3-aprel kuni – Samarqand shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sharafiga rasmiy qabulida, 2025-yil 4-aprel kuni – Samarqand shahrida Kongress-xoll zalida Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi birinchi sammiti doirasida rasmiy qabulida,2025-yil 15-aprel kuni – Xiva shahrida Farovon mehmonxonasi Tojikiston Bosh vaziri sharafiga O‘zbekiston Bosh vaziri A. Aripov nomidan rasmiy qabul konsert dasturida,
2025-yil 23-aprel kuni – Samarqand shahrida TIV rahbari B.Saidov nomidan Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov uchun rasmiy qabul konsert dasturida,
2025-yil 24-aprel kuni – Samarqand shahrida Turkman xalqining milliy yetakchisi G. Berdimuhamedov tashrifi doirasida rasmiy qabulida,
2025-yil 9-iyun kuni – Toshkent shahrida Slovakiya Prezidenti P. Pellegrini sharafiga Prezident nomidan rasmiy qabuli konsert dasturida,
2025-yil 10-iyun kuni – Toshkent shahrida Bolgariya Prezidenti R. Radev sharafiga rasmiy qabuli konsert dasturlarida ishtirok etdi.
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi bilan hamkorlikda fransuz musiqasi festivalida ishtirok etish.Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkor aloqalarini mustahkamlab, shartnomalar rasmiylashtirish.
Festivalning tashkiliy jarayonini tashkil etish
Festival ommaviy axbarot vosilari orqali yoritilishini yuzasidan taklif kiritish
2025-aprel oyi davomida2025-yil 11-aprel kuni – Toshkent shahrida O‘zbekiston davlat Konservatoriyasida Katta zali Fransuz musiqasi festivali ochilishi marosimida ishtirok etdi.
2025-yil 30-aprel kuni – Toshkent shahrida O‘zbekiston davlat Konservatoriyasida Katta zalida bo‘lib o‘tgan Fransuz musiqasi festivalida ishtirok etib faxrli o‘rinlarga sazovor bo‘lindi.
“Damli sozlar navosi” festivalida ishtirok etish.Orkestrning damli cholg‘ular bo‘linmasi festivalda ishtiroki uchun dastur shakllantirish2025-yil Iyun oyi2025-yil 20-iyun kuni – Toshkent shahrida Tashkent City Parkda “Damli sozlar navosi” festivalining yopilish marosimida ishtirok etdi.
Konsert mavsumi davomida xorijiy ijrochildarini O‘zbekiston davlat simfonik orkestri bilan konsert tashkil etish.Epifanio Komis – Dirijyor (Italiya)
Darko Brelek – Klarnet (Sloveniya) ijrochilar yuzasidan ma’lumot almashinuvi, konsert dasturi shakllantirish
2025 yil May oyiEpifanio Komis (Italiya) va Darko Brelek (Sloveniya) ijrochilari bilan ma’lumot almashinuvi amalga oshirildi, konsert dasturlari shakllantirildi va konsertlar o‘tkazildi.

DirektorS.Baymuradov