O‘zbekiston davlat simfonik orkestri 10 yillik yubileyini nishonladi
2023-yil 13-dekabr kuni soat 18:30 da O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Katta zalida O‘zbekiston davlat simfonik orkestrining 10 yilligiga bag‘ishlangan Katta festival doirasida mumtoz musiqa konserti bo‘lib o‘tdi.
Konsert dasturida Edvard Grigning fortepiano va orkestr uchun lya minor (a-moll) konserti O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, professor, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi maxsus fortepiano kafedrasi mudiri Madina Fayziyeva ishtirokida yangradi. Shuningdek, Pyotr Chaykovskiyning «Patetik» 6-simfoniyasi ijro etildi. Festivalning badiiy rahbari va bosh dirijyori O‘zbekiston xalq artisti Kamoliddin O‘rinboyev bo‘ldi.
Konsert mumtoz musiqa ixlosmandlari uchun muhim voqea bo‘ldi va O‘zbekiston simfonik san’ati tarixida muhim bosqichni belgilab berdi.