O‘zbekiston Davlat simfonik orkestri

O‘zbekiston davlat simfonik orkestri 10-konsert mavsumini Pragadagi chiqishi bilan yakunladi — Fotogalereya

2025-yil 24-iyun kuni O‘zbekiston davlat simfonik orkestri o‘zining 10-konsert mavsumini Pragadagi chiqishi bilan yakunladi. Yakuniy konsert shaharning eng muhim madaniy maskanlaridan biri — Munitsipal uyning tarixiy Smetana zalida bo‘lib o‘tdi.

Jamoa badiiy rahbar va bosh dirijyor, O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Kamoliddin O‘rinboyev boshchiligida chiqish qildi. Dasturdan Antonin Dvorjakning sol minor Slavyan raqsi (op. 46 № 8), Sergey Raxmaninovning fortepiano va orkestr uchun do minor 2-konserti (op. 18; solist — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Madina Fayziyeva) hamda Pyotr Chaykovskiyning si minor 6-simfoniyasi (op. 74, «Patetik») o‘rin oldi.

Praga tomoshabinlari dasturni iliq kutib oldi; konsert orkestr yubiley mavsumining yorqin yakuni bo‘ldi.

Shuningdek o‘qing

Barcha yangiliklar →