Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekiston Respublikasining bir guruh fuqarolarini mukofotlash to‘g‘risidagi qator hujjatlarni imzoladi. Jumladan, O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi uchun O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori Kamoliddin Turdimurotovich O‘rinboyev faxriy «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi.
Shubhasiz, bunday yuksak mukofotning topshirilishi O‘zbekiston davlat konservatoriyasi uchun katta sharaf bo‘lib, mamlakat ravnaqi yo‘lida yanada samarali faoliyat yuritishga, yosh iste’dodlarni rivojlantirish va O‘zbekistonning jahon musiqa maydonidagi yuksak maqomini saqlashga xizmat qiluvchi ijodiy va ta’limiy g‘oyalarni ro‘yobga chiqarishga ruhlantiradi.