Sergey Raxmaninov tavalludining 150 yilligiga bag‘ishlangan konsert bo‘lib o‘tdi — Foto

11-aprel kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining katta zalida simfonik musiqa konserti bo‘lib o‘tdi. U Sergey Raxmaninov tavalludining 150 yilligiga bag‘ishlangan «Raxmaninov bahori» xalqaro festivali doirasida o‘tkazildi.

Oqshom jamoaning badiiy rahbari va bosh dirijyori, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Kamoliddin O‘rinboyev boshchiligida jonli ijro etilgan go‘zal musiqa bilan yo‘g‘rildi.

Dasturda 3-simfoniya hamda fortepiano va orkestr uchun 3-konsert yangradi. Solist sifatida Fazliddin Husanov (Fransiya–Quvayt) chiqish qildi.

 

afisha.uz muxbiri «Simfonik musiqa oqshomi»da bo‘lib, fotoreportaj tayyorladi.